
Kartoshka ekish bo‘yicha amaliy seminar Bugun Yangiariq tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy ozuqa mahsuloti — kartoshka yetishtirish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda tuman hokimi Zafarbek Matnazarov, tuman prokurori, soha mutaxassislari, dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida kartoshka yetishtirishning zamonaviy agrotexnik usullari, yuqori hosildor navlarni tanlash, urug‘lik sifatini ta’minlash, sug‘orish va o‘g‘itlash tizimini to‘g‘ri tashkil etish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, dala sharoitida tajribaviy ekish jarayoni namoyish etilib, sohaga oid savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javob berildi. Yangiariq tumani hokimligi axborot xizmati