#ramazon 😮Ramazon — mehr oyi: Urganch shahrida og‘ir bemorlarga jarrohlik amaliyoti uchun vaucherlar topshirilmoqda 🤝Muborak Ramazon oyida Urganch shahrida insonparvarlik va saxovatning yana bir amaliy ifodasi namoyon bo‘lmoqda. Jarrohlik amaliyotiga muhtoj, og‘ir ahvoldagi bemorlarga maxsus vaucherlar topshirish jarayoni keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etilmoqda. 🟢Bu xayrli tashabbus avvalo inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan. Vaucherlar haqiqatan tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga ochiq va shaffof tartibda yetkazilmoqda. 🟢Ramazon oyida amalga oshirilayotgan ushbu xayrli ishlar jamiyatimizda mehr-shafqat, saxovat va insonparvarlik tamoyillari ustuvor ekanini namoyon qilmoqda. Og‘ir jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlar uchun ajratilayotgan vaucherlar ularga nafaqat tibbiy yordam, balki yangi umid va kelajakka ishonch ham baxsh etmoqda. Urganch shahar hokimligi axborot xizmati