
🏨 Urganch shahrida yangi mehmonxona o‘z faoliyatini boshladi Urganch shahrida zamonaviy xizmatlar va qulay infratuzilmaga ega bo‘lgan “Horizon Heaven Hotel” mehmonxonasi faoliyatini boshladi. Loyiha “Ulug‘bek Nuri” MChJ tomonidan amalga oshirildi. Yangi mehmonxona mehmonlar uchun yuqori darajadagi qulayliklarni taklif etadi. Xususan, mehmonxonada: • 🛏 45 ta xona (jami 80 o‘rin), • 💦 sauna va basseyn, • 🎤 200 kishilik konferensiya zali, • 🍽 80 kishilik restoran faoliyat yuritadi. Mazkur mehmonxonaning ishga tushirilishi natijasida 40 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi. “Horizon Heaven Hotel” Urganch shahrining turizm salohiyatini yanada oshirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Telegram | Instagram | YouTube | Facebook