⛔️⛔️⛔️ “Maromiylik” loyihasi o‘z ishini boshladi 🎥Ayni paytda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida poytaxtdan tashrif buyurgan "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari ishtirokida tashkil etilgan “Maromiylik” loyihasi bo'lib o'tmoqda. 🩷Loyiha doirasida kun davomida alohida sho‘balarga bo‘lingan holda seminar-treninglar o‘tkaziladi. Loyiha maqsadi – yoshlarimizni oilaviy qadriyatlar va mas’uliyatli hayotga tayyorlash, an’anaviy marosimlarni zamonaviy va ixcham usullarda o‘tkazish madaniyatini keng targ‘ib qilishdir. “Maromiylik” loyihasi davomida seminar-treninglar, suhbatlar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali yoshlar o‘rtasida oila qadriyatlarini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube