
#Vazir_kubogi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi Xiva tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichiga start berildi. Mazkur musobaqada tumandagi umumta’lim muassasalarining 7–11-sinflarida tahsil olayotgan 14–18 yoshli o‘quvchi qizlar ishtirok etmoqda. Ma’lumot uchun: musobaqaning tuman (shahar) bosqichi 1–5-fevral kunlari, hududiy bosqichi 13–17-fevral kunlari hamda respublika bosqichi 24–30-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Xorazm viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati.