🟢Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan Yangiariq tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi 🗺 Joriy yil 28-yanvar kuni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan Yangiariq tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. 💠Mazkur sayyor qabulda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari I. Yakubova ishtirok etib, fuqarolarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid murojaat, taklif hamda shikoyatlarini bevosita tingladi. 📝 Qabul davomida bildirilgan masalalar joyida o‘rganilib, ayrim murojaatlarga shu zahotiyoq tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar esa nazoratga olindi. 🤝 Bunday sayyor qabullar ta’lim tizimidagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish ✅Telegram 📹Youtube ✅Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web-sayt