
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🌐 Xalqaro hamkorlik samarasi amalda ✅2026-yil 15-yanvar kuni Urganch shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabiga Yaponiya davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi xodimi Misaki Aixara tashrif buyurdi. 🤝 Tashrif davomida mehmonga Xorazm viloyati konsullik bo‘limi xodimi A. Kaneev, shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari E. Boltayev, G. Nazarova va G. Rahimova hamrohlik qildi. 🏫 Mazkur maktab Yaponiya hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan “Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasida grant olgan. 🔍 Tashrif chog‘ida elchixona vakili tomonidan dastur doirasida o‘rnatilgan jihozlar hamda ulardan samarali foydalanish holati o‘rganilib, monitoring ishlari olib borildi. 🌏 Bunday xalqaro hamkorlik ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish ❤Telegram 🌐Youtube 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🔎 Web-sayt