Yangi elektr tarmoqlari — barqaror taraqqiyot poydevori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli bunyodkorlik va infratuzilma loyihalari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Shovot tumani “K. Raximov” mahallasi hududida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” majmuasida muhim infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur majmuada barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylar hamda ijtimoiy soha obyektlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash maqsadida zamonaviy elektr uzatish tarmoqlari qurilishi jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mazkur qurilishi loyihasi nafaqat yangi uy-joylarning qulayligini ta’minlash, balki hududda yashovchi aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, ijtimoiy obyektlar faoliyatini barqaror yo‘lga qo‘yish hamda “Yangi O‘zbekiston” g‘oyalarini amalda ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda. 🖥 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati