🤩 Rektor doktorantlar bilan uchrashdi Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida rektor bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan ilm ahliga yaratilgan shart-sharoitlar va bundan oqilona foydalanish, ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirish ishlari xususida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, rektor institut tomonidan doktorant va tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini doimo qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. Doktorantlar o’z dissertatsiya ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlashlari va ilmiy tadqiqotlarni samarali olib borish haqida tavsiyalar berildi. ©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati 🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube