🤩Rektorning fakultetlar kesimida professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashuvlari davom etmoqda Xabar berganimizdek, yil boshidan UrDPI rektori Feruza Madraximova har bir fakultet kesimida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan dekanlarning taqdimotlari bilan tanishib kelmoqda. Shuningdek, taqdimotlar doirasida fakultetlarning professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda. Ayni paytda rektor institutning Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilari bilan uchrashmoqda. Uchrashuv davomida fakultetning bugungi holati, ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi va tarbiyaviy faoliyat holati yuzasidan batafsil fikr almashildi, fakultetlar faoliyati chuqur tahlil qilinib, ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Muloqot jarayonida fakultet tarkibidagi Tarix, Milliy g‘oya va falsafa, San’atshunoslik, Jismoniy madaniyat kafedralarining faoliyatini yanada takomillashtirish, 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar va tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fakultet faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi: — xalqaro ta’lim va ilmiy dasturlar doirasida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda akademik mobillikni kengaytirish; — ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, nufuzli xalqaro ilmiy bazalarda chop etiladigan maqolalar salmog‘ini oshirish; — ta’lim jarayoniga xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etish va xorijlik mutaxassislar ishtirokidagi mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirish; — 2027-2028-o‘quv yilidan Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti Ijtimoiy va amaliy fanlar oliy pedagogika maktabiga aylantirilishi hamda shu bo‘yicha qilinadigan ishlar muhokama qilindi. Endilikda rektorning Filologiya hamda Pedagogika fakultetlari taqdimotlari bilan tanishuvi hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. ©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati 🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube