
🤩 Rektorning fakultetlar kesimida professor-o‘qituvchilar jamosi bilan uchrashuvlari davom etmoqda Yil boshidan UrDPI rektori Feruza Madraximova har bir fakultetlar kesimida amalga oshirilgan ishlar va rejalar bo’yicha dekanlarning taqdimoti bilan tanishmoqda. Ushbu uchrashuvlar davomida har bir fakultet faoliyati chuqur tahlil qilinib, ustuvor yo‘nalishlar aniqlanmoqda. Shuningdek, taqdimot davomida fakultetlarning professor-o‘qituvchilar jamosi bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Ayni paytda rektor institutning Boshlang'ich ta'lim fakulteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashmoqda. Unda fakultetning bugungi holati, ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar samaradorligi hamda tarbiyaviy ishlarning holati yuzasidan batafsil fikr almashildi. Muloqot jarayonida Boshlang‘ich ta’lim metodikasi va Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedralari faoliyatini yanada takomillashtirish, 2026-yilga mo‘ljallangan reja va tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fakultet faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi: — xalqaro ta’lim va ilmiy dasturlar doirasida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va akademik mobillikni kengaytirish; — ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda nufuzli xalqaro bazalarda chop etiladigan maqolalar ulushini oshirish; — ta’lim jarayoniga xorijiy tajribani faol joriy etish va xorijlik mutaxassislar ishtirokidagi mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirish; — Boshlang‘ich ta’lim fakultetini 2027–2028-o‘quv yilidan boshlab Boshlang‘ich ta’lim oliy pedagogika maktabi sifatida rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy va mazmuniy ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish. Shuningdek, uchrashuv yakunida ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplomlar topshirildi. * Hafta davomida rektorning fakultetlar taqdimoti bilan tanishishi va professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashuvlari davom etadi. ©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati 🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube