Sun’iy intellekt yordamida shaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi 2026 yil 21 yanvarda qabul qilingan qonun bilan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qonunga ko‘ra: — Huquq va erkinliklarga taalluqli qarorlar qabul qilishda faqat sun’iy intellekt xulosalariga tayanish mumkin emas. — Sun’iy intellekt yordamida shaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berish yoki ularni internet va OAV orqali tarqatish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday holatlarda huquqbuzarlik vositalari musodara qilinib, BHMning 50–100 baravarigacha (41 mln 200 ming so‘mgacha) jarima solinadi. Qonun shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan. ✅ Bizni kuzatib boring 🚀Telegram 🎬YouTube 📷Instagram 🔵Facebook