Bugun 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbirga tuman hokimligi, prokuratura, ichki ishlar va mudofaa bo'limi xodimlari, yigitlik burchini sidqidildan o'tayotgan harbiylar, mehnat faxriylari, yoshlar taklif etildi. Tadbirda tuman hokimi Maqsudbek Abdullayev so'zga chiqib, Ona yurtimiz tinchligi yo'lida fidoyilik ko'rsatayotgan vatanparvarlarni, xizmat vazifasini o'tayotgan harbiylarni, ishtirokchilarni “Vatan himoyachilari kuni” va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34 yilligi bilan muborakbod etdi. Shundan so'ng, vatanimiz tinchligi yo'lida fidokorona xizmat qilayotgan bir guruh harbiylar, huquq-tartibot organi xodimlari Faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. Tuman madaniyat bo'limi san'atkorlari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. Hazorasp tumani hokimligi matbuot xizmati.