
Sizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Sizning jasoratli xizmat yo‘lingiz, fidoyilik va sadoqat bilan o‘tgan mehnat faoliyatingiz bugungi tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam poydevoridir. Vatanga muhabbat, burchga sadoqat va mas’uliyat kabi yuksak fazilatlar Sizning hayotingiz va faoliyatingizda yorqin namuna bo‘lib kelmoqda. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Sizning boy tajribangiz va ibratli hayot yo‘lingiz beqiyos ahamiyatga ega. Sizga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga fayz-baraka, uzoq umr va tinchlik tilaymiz. Har doim el-yurt e’zozida bo‘lib yuring! Bayramingiz muborak bo‘lsin! "Nuroniy" jamg'armasi Urganch shahar bo'limi raisi O.Abdullayev Urganch shahar hokimligi matbuot xizmati