Faxriylar – faxrimiz! Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tizimda uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriy ustoz Yusupboy ota Saipovichning 70 yoshli tavallud ayyomi munosabati bilan holidan xabar olinib, samimiy tabriklar bildirildi. Uchrashuv davomida faxriy ustozimizning ko‘p yillik fidokorona mehnati, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, u kishining boy hayotiy tajribasi va ibratli xizmat yo‘li bugungi kunda ham yosh xodimlar uchun haqiqiy mahorat maktabi ekanligi ta’kidlandi. ✨ Faxriylarni e’zozlash — ularga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning yorqin ifodasidir. Boshqa yangiliklar👇 xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram