🛑 “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida Ochiq eshiklar kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida Ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i polkovnik O‘.P. Meyliyev, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi mas’ul vakili, OAV xodimlari, blogerlar, tadbirkorlar hamda jamoatchilik a’zolari ishtirok etdi. Tadbirda: 🔸 favqulodda vaziyatlar organlarida korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar; 🔸 loyiha-qurilish jarayonlarida Qonun ustuvorligini ta’minlash; 🔸 ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish; 🔸 tizimda shaffoflikni kuchaytirish; 🔸 qurilish jarayonlarida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir ishtirokchilari ochiq muloqot shaklida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavjud masalalar bo‘yicha savollariga javob olishdi.