
#seminar #soliq_siyosati_2026 Soliq qonunchiligidagi muhim yangiliklar tadbirkorlarga yertkazildi Yangibozor tumanida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yilga mo‘ljallangan soliq siyosati konsepsiyasi doirasida soliq qonunchiligiga kiritilgan muhim o‘zgartirishlar va Murojaatnomaning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Gurlan tumani tadbirkorlari ham faol ishtirok qildi. Tadbirda soliq tizimidagi yangiliklar, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri batafsil tushuntirildi. Xususan, 2026-yil uchun amal qiladigan soliq stavkalari, tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan soliq imtiyozlari, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan mexanizmlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida savol-javoblar tashkil etilib, tadbirkorlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi. Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads