#uchrashuv Ochiq muloqot: soliq qonunchiligidagi muhim o‘zgarishlar tushuntirilmoqda Xorazm viloyati soliq boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda 2026-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o'quv-seminar tashkil etildi. Tadbirda Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Ulug‘bek Sa’dullayev ishtirok etib, Soliq kodeksi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan muhim o‘zgartirishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi. Jumladan, 2026-yil uchun amal qiladigan soliq stavkalari, tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan soliq imtiyozlari, shuningdek, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan mexanizmlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads