🗓 Onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadi. Bir kishi butun oilasi uchun roʻyxatga olish savolnomasini toʻldirishi mumkin. 🔒 Maʼlumotlar maxfiyligi kafolatlanadi. 👍 Nima uchun bu muhim? Roʻyxat natijalari: 👍 davlatga aholining haqiqiy soni va tarkibi haqida aniq tasavvur beradi; 👍 yangi ish oʻrinlari, maktablar, shifoxonalar va infratuzilmalarni rejalashtirishda asos boʻladi; 👍 qishloq xoʻjaligidagi resurslarni toʻgʻri taqsimlash imkonini yaratadi. 🛍Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning birinchi bosqichida 15-31-yanvar kunlari onlayn roʻyxatdan fuqarolar Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan tasodifiy tarzda tanlanib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishadi. Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube