
♻️ “Mahalla yettiligi”ni o‘qitishning so‘nggi bosqichi boshlandi ✍️ Mamlakatimizda shu yilning yanvar-fevral oylarida o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. ✅ Urganch tumanida joriy yilning 6- yanvaridan e’tiboran ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb qilinadigan “mahalla yettiligi” xodimlari uchun so‘nggi o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. 🔹Seminarlarning 1-bosqichida mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari ya’ni o‘z hududidagi ro‘yxatga olish uchastkasi boshliqlari qatnashdilar. ‼️Аsosiy e’tibor ro‘yxatga oluvchi xodimlar ishini muvofiqlashtirish, ro‘yxatga olishni o‘z vaqtida va muddatida sifatli o‘tkazish, savolnomalarning javoblarini to‘g‘ri va aniq qayd etish, ro‘yxatga olish ishlarida planshet qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish kabi masalalarga qaratildi. Urganch tumani hokimligi axborot xizmati Facebook | YouTube| Telegram I Instagram I Sayt