
Qishki ta’til boshlanishi oldidan talabalarning xavfsizligi masalalari muhokama qilindi Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova talabalarni qishki ta’tilga yuborish oldidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo’yicha yig’ilish o’tkazdi. Yig‘ilish davomida talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarning o’z uylariga xavfsiz yetib olishlari, qishki ta’til davrida ular bilan onlayn tanlovlar o’tkazish hamda muntazam muloqot o’rnatish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, yangi yil bayram tadbirlarini tashkil etishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, favqulodda holatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash va bu bo’yicha nazoratni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. ©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati 🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube