Yangi yil quvonchi — bolalar qalbida Yangi 2026-yil bayrami arafasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialida ezgu an’ana yana davom ettirildi. Filial direktori S. Beregin tashabbusi bilan jamiyat Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda barcha xodimlarning farzandlariga Yangi yil sovg‘alari ulashildi. Jamiyat rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan bunday ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari xodimlar va ularning oilalariga bo‘lgan e’tiborning yorqin namunasidir. Bu esa jamoada yanada ahillik, o‘zaro hurmat va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali jamoasi barchani kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan muborakbod etib, tinchlik, farovonlik va yangi zafarlar tilaydi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati