
“Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikdagi poyezdlarning ilk partiyasi Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga jo‘natildi Janubiy Koreyaning Changvon shahrida O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdlarning ilk partiyasi Masan portidan rasmiy ravishda jo‘natildi. “Jaloliddin Manguberdi” nomi berilgan yangi poyezdlar 2024-yil iyunda Hyundai Rotem va O‘zbekiston temir yo‘llari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ishlab chiqarilgan. Kanalga ulanish: ➖ @uzauz