Bugun "ACWA Power" kompaniyasi raisi va "Vision Invest" kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Muhammad Abunayan bilan juda mazmunli uchrashuv o‘tkazdik.Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va aholi turmush sifatini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shadigan energetika, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda ishonchli rivojlanish sur’atlarini namoyish etayotgan Qoraqalpog‘istondagi istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
—Сегодня мы провели плодотворную встречу с председателем ACWA Power и членом совета директоров Vision Invest Мохаммадом Абунаяном.
Обсудили реализацию совместных проектов в области энергетики, здравоохранения, цифровых технологий и других отраслях, которые должны внести существенный вклад в модернизацию экономики и улучшение качества жизни нашего населения.
Отдельное внимание уделили перспективным проектам в Каракалпакстане, который в последние годы демонстрирует уверенную динамику развития.