🇺🇿Yangiariq tumani hokimi Zafarbek Matnazarovning 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan bayram tabrigi Hurmatli onaxonlar va opa-singillar! Sizlarni muqaddas Ramazon oyida, bahorning ilk kunlaridagi go'zal bayramingiz bilan chin dildan, samimiy muborakbod etaman. Sizlarning jamiyatimiz hayotida tutgan beqiyos o'rningiz va mavqeyingiz bugun inkor etib bo'lmaydigan darajada ekanligi barchamizga yuksak g'urur bag'ishlaydi. Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlanganlaridek, bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, muammolarini hal qilish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratildi. Barcha qonun, farmon va qarorlarni qabul qilishda gender masalasi bo‘yicha huquqiy mexanizmlar joriy etildi. Endilikda, xotin-qizlarning huquq va manfaatlariga ta’siri baholanmay turib, birorta qonun qabul qilinmasligi alohida e'tirof etildi. Yurtimiz ravnaqi yo'lida, har bir sohada amalga oshirayotgan fidokorona mehnatingiz, yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalayotganingiz uchun sizlarni qancha e'tirof etsak ham kamlik qiladi. Sizlar borsiz, oilalar farovon va jamiyatimiz sog'lom. Aziz, onajon va opa-singillar! Sizlarni, bugungi go'zallik va nafosat bayramingiz bilan yana bir bor qutlayman. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va saodat tilayman. Bahoriy kayfiyat, yoshlik va go'zallik sizlarni aslo tark etmasin! Yangi O'zbekistonni sizlar bilan birga barpo etish bizlar uchun eng ulug' va eng yuksak sharafdir! Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli ayollar ! Yangiariq tumani hokimligi axborot xizmati