
✅Rahbar va yoshlar uchrashuvi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari R. Chimbergenov universitet Birinchi prorektori D.Ibadullayev hamkorligida talaba-yoshlar, yosh harbiy xizmatchilar, hamda qutqaruvchilar bilan bevosita suhbatlashdi. Muloqot davomida xizmat faoliyati, qutqaruvchilik kasbining mas’uliyati va sharafli jihatlari haqida atroflicha fikr almashildi. ⭐️Uchrashuv doirasida boshqarma tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol qatnashayotganligi, teran fikrlashi, bilimi, yuksak intellektual salohiyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotganligi hamda yoshlar bilan o‘tkazilayotgan jamoat tadbirlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh yoshlar Tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube