
✅Yoshlar siyosatini hududlarda samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi Bo‘stonliq tumanida Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma hamda tuman (shahar) bo‘lim rahbarlari uchun o‘quv-seminar davom etmoqda. Seminar doirasida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va hududiy mas’ullar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlar markazlari faoliyati, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik hamda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. ✅Timur_Jumaniyozov