“Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik oyligiga start berildi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, yoshlar orasida narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda sog‘lom muhitni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda fevral oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik oyligini yuqori saviyada o‘tkazish, profilaktika ishlarida ma’rifat va tarbiyaning ustuvorligi ta’kidlandi. Matbuot anjumanida Urganch tumani mas’ullari ham Zoom platformasi orqali masofaviy ishtirok etdi. Urganch tumani hokimligi axborot xizmati Facebook | YouTube| Telegram I Instagram I Sayt