✅Bugun viloyatimizdagi mahalla yoshlar yetakchilari uchun navbatdagi “Ma’rifat soati” Zoom platformasi orqali tashkil etildi. Unda mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosat, xalqaro aloqalar, yurtimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan islohotlar hamda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. 🟢Shuningdek, oldimizda turgan muhim siyosiy jarayon — aholini ro‘yxatga olish tadbiri yuzasidan tushuntirishlar berilib, uning mazmun-mohiyati bilan birga yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi. ⭐️Mazkur ma’rifat soati yoshlar yetakchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning siyosiy-huquqiy savodxonligini mustahkamlash hamda davlat xizmatchisiga xos mas’uliyat va professional yondashuvni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. ✅Timur_Jumaniyozov