#hamkorlik XVJ — xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan «Iqtisodiyot doktori» 2026-yil 26-yanvar kuni Soliq qo‘mitasi Raisi Farrux Pulatov Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Koba Gvenetadze boshchiligidagi jamg‘arma delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida delegatsiya rahbari XVJ o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiyotda o‘ziga xos vazifani bajarishi, ya’ni mamlakatning makroiqtisodiy holatini har tomonlama tahlil qilishi, yashirin iqtisodiyot va tizimli xavf-xatarlarni aniqlashi, shuningdek iqtisodiy rivojlanishning barqarorligi va mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. XVJ tomonidan asosiy yo‘nalishlar sifatida soliq bazasini yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini oshirish, shuningdek iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Uchrashuvda soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish jarayonlari, TADAT baholashi doirasida berilgan tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash, riskka asoslangan yondashuvlarni rivojlantirish hamda yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha Hududlararo soliq inspeksiyasini institutsional jihatdan mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Soliq xizmati organlarining institutsional barqarorligini oshirish makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi muhim omillardan biri ekanlagi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, 2026-yil mart–aprel oylariga rejalashtirilgan XVJning navbatdagi missiyasi, shu bilan birga soliq va moliyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda Jamg‘armaning texnik ko‘mak ko‘rsatishdagi o‘rni e’tirof etildi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanligi ta’kidlanib, XVJ tomonidan o‘z vaqtida amalga oshiriladigan tahlil hamda tavsiyalarni izchil amaliyotga joriy etish O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash va uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashning muhim sharti ekani qayd etildi. ___________ #сотрудничество МВФ – признанный международным сообществом «Доктор экономики» 26 января 2026 года состоялась встреча председателя Налогового комитета Фарруха Пулатова с делегацией Международного валютного фонда во главе с Главой представительства МВФ в Узбекистане Кобой Гвенетадзе. В ходе встречи было подчеркнуто, что МВФ по своей сути выполняет роль своего рода «доктора экономики», который проводит всесторонний анализ макроэкономического состояния страны, выявляет скрытые уязвимости и системные риски, а также предлагает профессиональные рекомендации, направленные на укрепление устойчивости и сбалансированности экономического развития. В качестве ключевых направлений МВФ были обозначены дальнейшее расширение и диверсификация налоговой базы, сокращение теневой экономики, повышение эффективности налогового администрирования, а также снижение доли государственного сектора в экономике. Стороны обсудили ход реформирования налогового администрирования, практическое использование рекомендаций оценки TADAT, развитие риск-ориентированных подходов и укрепление Межрегиональной налоговой инспекции по крупным налогоплательщикам. Подчёркнута значимость повышения институциональной устойчивости налоговой службы как одного из ключевых факторов макроэкономической стабильности. Отдельное внимание было уделено предстоящей страновой миссии МВФ, запланированной на март–апрель 2026 года, а также роли технической помощи Фонда в сопровождении налоговых и финансовых реформ. По итогам встречи стороны подтвердили взаимную заинтересованность в дальнейшем углублении сотрудничества, отметив, что своевременная «диагностика» и последовательная реализация рекомендаций МВФ являются важным условием укрепления экономической устойчивости и долгосрочного роста Республики Узбекистан. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads