
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi 62,5 mlrd so‘m nafaqa tayinladi Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan 5 400 mingta kasallik varaqalari bo‘yicha 62,5 milliard so‘m miqdorida nafaqalar tayinlangan Bugun Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari ishtirokida “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka keng targ‘ib etish maqsadida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Matbuot anjumanida 2026-yilda davlat ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan quyidagi qatlamlar qamrab olinishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi: ✅ byudjet tashkilotlarida ishlovchi qariyb 2,2 mln nafar; ✅xususiy sektorda band bo‘lgan 3,6 mln nafardan ortiq; ✅yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan va norasmiy sektorda faoliyat yurituvchi 7 mln nafardan ortiq fuqaro. Shuningdek, Ijtimoiy sug'urta davlat jamg'armasi tomonidan amaliyot natijalari haqida ma'lumot berildi: 2026-yil 1–15-yanvar kunlari oralig‘ida homiladorlik va tug‘ish nafaqasi bo‘yicha Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga 8,9 mingta kasallik varaqalari kelib tushgan. Shundan 5,4 mingtasi (60 foiz) bo‘yicha 62,5 milliard so‘m miqdorida nafaqalar tayinlangan. Qolgan 3,5 mingta mehnatga layoqatsizlik varaqalaridan 1,3 mingtasi (15 foiz) bo‘yicha fuqarolar rasmiy band bo‘lmagani yoki sug‘urta staji yetarli emasligi sababli nafaqa tayinlash rad etilgan. Yana 2,2 mingta (25 foiz) varaqalar yuzasidan nafaqa tayinlash yoki rad etish masalasi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda. Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan yo‘llangan savollar muhokama qilinib, mas’ul mutasaddilar tomonidan tizimli ravishda javob va izohlar taqdim etildi. Batafsil ma'lumot veb-saytda 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz