
Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok eting! Xiva tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ham https://census.stat.uz saytidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, ushbu tadbirda birinchilar safida ishtirok etmoqda. Bu orqali xodimlar ro‘yxatga olish tadbirining ahamiyati va o‘tkazish tartibini amalda sinab ko‘rib, uning samarali hamda sifatli tashkil etilishiga munosib hissa qo‘shmoqda. ❗️ Shuni alohida ta'kidlash lozimki, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilashda muhim o‘rin tutuvchi keng ko‘lamli statistik jarayondir. Mazkur tadbir orqali aholi soni va demografik tarkibi, yashash sharoitlari, mehnat salohiyati, shuningdek, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining amaldagi holati haqida aniq va ishonchli ma’lumotlar shakllantiriladi.