
YOSHLAR TURIZMI HAFTALIGI — XORAZMDA BAYRAMONA MUHIT! Xorazm viloyatida Yoshlar turizmi haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbir chinakam bayramga aylandi! 🏛✨ Katta sahna, sehrli tomoshalar, bolajonlarning quvonchga to‘la nigohlari va minglab tomoshabinlar — bularning barchasi ushbu unutilmas lahzalarda mujassam bo‘ldi. 🎭 Madaniy chiqishlar 🎶 Musiqiy va sahnaviy tomoshalar 👧👦 Yoshlar va bolalar uchun bayramona dasturlar 🎄 Bayramona bezaklar va iliq muhit Yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, madaniyat va turizmga qiziqishni yanada oshirgan ushbu tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 📍 Barcha yoshlarni Xiva shahridagi Qo`g`irchoq teatrida kutib qolamiz. 👉 Biz bilan birga bo‘ling, yurtimizning boy madaniyati va turizm salohiyatini birgalikda targ‘ib qilaylik!