🎄🎄🎄Yangi yil bayrami arafasida harbiy xizmatchilar uchun arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etildi. ✅Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Yangi yil bayrami arafasida harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi. ✅Mazkur yarmarkada oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj tovarlari va yangi yil dasturxoni uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar bozor narxlaridan ancha arzon narxlarda sotildi. Bu esa harbiy xizmatchilar uchun qulaylik yaratib, bayramni ko‘tarinki ruhda kutib olishlariga xizmat qildi. ✅Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning oila a’zolariga e’tibor qaratish borasida bunday tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.