#tahlil 📊 Xorazm viloyati bojxona boshqarmasiga 2025-yilning 11 oyi davomida jami 149 ta murojaatlar kirim qilingan bo‘lib, shundan 79 tasi jismoniy, 70 tasi yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning: 👤 56 tasi og‘zaki; 🖊 25 tasi yozma; 🖥 68 tasi elektron shaklda. Murojaatlarning - 100 tasi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilgan; - 45 tasi qanoatlantirilgan; - 2 tasi rad etilgan; - 2 tasi o‘rganib chiqish jarayonida. ❗️Shu o‘rinda, bojxona sohasiga doir har qanday murojaatlar yoki xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlar bo‘lgan taqdirda Bojxona qo‘mitasining qisqa ☎️ 11-08 raqamli “Ishonch telefoni”ga yoki boshqarmaning (62)-227-70-11 telefon raqamiga kunning istalgan paytida murojaat etishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.