
#qonunchilik_hujjatlari #eslatma ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan: 2026-yil 1-apreldan (Toshkent shahri bundan mustasno): ➖ maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlari ushbu hududlardagi taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlaridan boshqa joylarda quvvati 150 oʻrindan kam boʻlmagan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadigan boʻlsa (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno); 👉 bunda 7 yilgacha muddatga (yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada) 5 milliard soʻmgacha kredit mablagʻlari maktabgacha taʼlim tashkilotini 18 oygacha boʻlgan muddat ichida qurish sharti bilan beriladi (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno); ➖ 2026-yil 1-apreldan 2030-yil 1-yanvarga qadar — respublikaning barcha hududlarida quriladigan yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlariga ijtimoiy soliq stavkasi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti litsenziya olgandan keyin uch yil davomida 5 foiz etib belgilanadi; 👉 ushbu imtiyoz faqat koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladi (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno); ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-fevraldagi tegishli qarori bilan: 2026-yil 1-apreldan: ➖ maʼmuriy boshqaruv jihatdan Nukus shahri tarkibiga kiruvchi “Qaratau” va “Bestobe” mahalla fuqarolar yigʻinlari aholisiga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻloviga 50 foiz kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi; 👉 soliq imtiyozlari yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan nodavlat bogʻchalarga ham qoʻllaniladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin