🖌 So‘z mulkining sultoni — 585 yoshda! Bugun, 9-fevral xalqimiz ma’naviyati va madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirgan ulug‘ sana. G‘azal mulkining sultoni, o‘zbek tilining asoschisi va davlat arbobi — Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlanmoqda. 🖌Navoiy bobomiz nafaqat betakror she’riyati, balki insonparvarligi, ilm-ma’rifatga bo‘lgan cheksiz muhabbati bilan insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U o‘z davrida yuzlab iste’dodli yoshlarga, ilm va hunar egalariga homiylik qilib, ularning kamolga yetishiga sababchi bo‘lgan. 🇺🇿Bugungi O‘zbekiston yoshlari — Navoiy orzu qilgan komil insonlar avlodidir. U kishining boy ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib etish har birimizning burchimizdir. #Navoiy585 @yoshlarxorazm