Bundan ikki yil oldin “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-yilgacha 160 milliard dollarga yetkazish belgilangan edi. “Ko‘rib turibsizlar, mavjud salohiyatimiz, bugungi islohotlarimiz, tadbirkorlarimizning faolligi, xorijiy sheriklarimiz bilan hamkorligimiz o‘sib borayotgani hisobiga ushbu marraga 2026-yilning o‘zida bemalol erisha olamiz”, – dedi Prezidentimiz. Hozirgi global iqtisodiyotda raqobatga chidamli bo‘lish uchun malakali kasb egalari va mutaxassislar, zamonaviy texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutmaslik lozim. Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan sohalarni rivojlantirish, katta daromad keltiradigan servislarni ko‘paytirish, bioinjeneriyadan keng foydalanish, ilg‘or agrotexnika va suv tejaydigan usullarni faol qo‘llash, “yashil” energetika, chiqindisiz ishlab chiqarishga o‘tish, ta’lim va tibbiyotda ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy etish uchun yangi texnologiyalarni olib kirsak, kadrlarni ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan zamonaviy kasblarga tayyorlasak, kelgusi besh yilda iqtisodiyotimiz hajmini 240 milliard dollardan oshirishga barcha imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X