
🇺🇿 O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilgari tariximizda bo‘lmagan ulkan va noyob loyihadir 13-dekabr kuni bo’lib o’tgan Rektorlar forumi ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar. Markaz loyihasini amalga oshirishda yuzlab olimlar, ekspertlar, din va jamoat arboblari ishtirok etgan. Markaz poytaxtning tarixiy Qorasaroy ko‘chasida, o‘rta asrlar Samarqand-Hirot me’morchilik uslubida qad rostlagan. Markaz binosi 10 gektarga yaqin maydonda joylashgan. Markaz binosining to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar bunyod etilgan, o‘rtada 65 metrli mahobatli gumbaz qurilgan. Markaz binosi tarixiy obidalarga uyg‘un shaklda bunyod etilgan. Gumbaz va peshtoqlar, naqshlarning o‘zaro uyg‘unligi unga alohida ko‘rk va salobat bag‘ishlagan. Islom sivilizatsiyasi markazi quyidagi tarkibiy qismlardan: - ilmiy-tadqiqot bo‘limlari, - nodir qo‘lyozmalar, - milliy reestrini yuritish bo‘limi, - qo‘lyozmalar fondi, - kutubxona va arxivlar, - xalqaro bo‘lim, - ziyorat turizmi, - manbashunoslik va nashriyot faoliyati bo‘limlaridan iborat. ©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati 🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube