
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz ularning qo‘shimcha takliflari va fikrlarini tingladi. “O‘zining mashaqqatli mehnati bilan rizq-ro‘z yaratayotgan insonlar bilan suhbatlashish, ularning taklif va fikrlarini eshitish menga hamisha alohida huzur bag‘ishlaydi. Bejiz “Yerni yaxshi ko‘rgan – Vatanni yaxshi ko‘radi”, deyishmaydi. Zero, umrini, mehnatini saxovatli zaminimiz bilan bog‘lagan siz kabi fidoyilar – haqiqiy vatanparvardir. Fursatdan foydalanib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi halol mehnatingiz, erishgan yuksak natijalaringiz uchun butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman”, – dedi davlatimiz rahbari uchrashuv yakunida. Facebook|Instagram|X